Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.04.2018 17:28 Chop etish versiyasi

“Kamalak” sardorlari katta kuchmi?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Yoshlar press-klubi”da shu mavzuda matbuot anjumani o‘tkazildi.

Press-klubga o‘quvchilik davridanoq aniq maqsadlari bilan muvaffaqiyatga erishishga ulgurgan sardorlar spiker sifatida taklif qilindi. Shu bilan birga, namunali faoliyati bilan e’tirof etilgan, Respublika tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritgan Buxoro viloyati Kogon shahar sardorlar kengashi a’zolari, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internat hamda Jizzax viloyati Paxtakor tumani 9-umumta’lim muassasasi sardorlar kengashi a’zolari ishtirok etishdi.

Anjuman davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha savollarga javob olindi va davlatimiz rahbarining hududlarga tashrifi vaqtida “Kamalak” sardorlari bilan o‘tkazilgan muloqotlari va ularga bildirilgan ishonch haqidagi lavhalardan iborat videorolik namoyish etildi.

I.Ahatova, O‘zA
1 767