O‘zA O`zbek

25.04.2018 12:37 Chop etish versiyasi

“Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichi o‘tkazildi

Buxoro viloyati Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan “Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Iqtidorli yoshlarni kashf etish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va mahoratini namoyon etishi uchun keng sharoitlar yaratish, “Kamalak” bolalar tashkiloti ishini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilayotgan 1-7 sinf o‘quvchilari ishtirokidagi mazkur tanlovning nufuzi tobora ortib borayotir.

Tanlovda 13 jamoa “Kamalak” a’zosiman”, “Kamalak” bilimdonlari”, “Men orzu qilgan “Kamalak” bolalar tashkiloti”, “A’lochilar bellashganda” shartlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Shofirkon tumanidagi 42-umumta’lim maktabi o‘quvchilaridan iborat “Parvozdagi kabutarlar” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

– Biz bugun “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatiga doir huquqiy bilimlarimizni namoyish etish bilan birga, jamoamizning o‘quvchilar o‘rtasida uchrayotgan ayrim muammolar yechimiga qaratilgan “Kamalak” quyosh soati” deb nomlangan ijtimoiy loyihasi taqdimotini ham o‘tkazdik, – deydi jamoa sardori T.Nurullayev. – Unda quyosh nurlari talqinida tashkilotimiz faoliyatini takomillashtirish, tengdoshlarda ijtimoiy daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish borasidagi vazifalar ifoda etildi. Loyihamizda ilgari surilgan masalalar yechimi har bir o‘quvchining faolligiga bog‘liq. Shuning uchun biz ular o‘rtasida tashkiliy targ‘ibot ishlarini kuchaytiramiz.

G‘olib va sovrindorlar diplom va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

Erkin Yodgorov, O‘zA
2 863