O‘zA O`zbek

02.08.2020 Chop etish versiyasi

Kam taʼminlangan, ehtiyojmand 150 oilaga goʻsht tarqatildi

Kam taʼminlangan, ehtiyojmand 150 oilaga goʻsht tarqatildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy filiali tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan kam taʼminlangan, ehtiyojmand 150 oilaga goʻsht tarqatildi.

– Bu qutlugʻ bayramning mohiyatida mujassam boʻlgan ezgu va savob ishlar qilib yashash, oʻzaro yordam, mehr-saxovat, sabru qanoat, shukronalik, tinchlik va sogʻliqni qadrlashdek ulugʻ fazilatlar bugun alohida ahamiyat kasb etmoqda, – deydi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islombek Tajetdinov. – Darhaqiqat, maqsadimiz pandemiya davrida aholining kam taʼminlangan, yordamga muhtoj qatlamini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashdir.

2 536
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA