O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

05.09.2018 16:54 Chop etish versiyasi

Jurnalistlar oʻrtasida tanlov eʼlon qilindi

Jurnalistlar oʻrtasida tanlov eʼlon qilindi Xalqaro maqom sanʼati anjumanini xorij va mahalliy OAVda yoritish boʻyicha jurnalistlar oʻrtasida tanlov eʼlon qilindi.

Unga koʻra, voqealar rivojini yoritib borgan, anjumanning eng goʻzal sahnalarini fotolarda aks ettirgan hamda tanlovning mohiyatini videotasvirlarda ochib bergan ishtirokchilar “Eng yaxshi selfi tasvir”, “Eng yaxshi foto lavha”, “Eng yaxshi videorolik” yoʻnalishlari boʻyicha taqdirlanadi. Gʻoliblarni aniqlashda materiallarning soni va sifatiga eʼtibor qaratiladi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari gʻoliblariga pul mukofoti, xorijiy OAV vakillariga esa milliy qadriyatlarimiz aks etgan qimmatbaho esdalik sovgʻalar taqdim etiladi.

Tanlovga materiallar qabul qilinmoqda.

OʻzA