O‘zA O`zbek

24.05.2019 21:43 Chop etish versiyasi

Jurnalist va ekspertlar yana bir bor Qozogʻistonning koʻhna poytaxtida uchrashdi

Jurnalist va ekspertlar yana bir bor Qozogʻistonning koʻhna poytaxtida uchrashdi

Olmaota, 24-may. OʻzA maxsus muxbiri Abdujalol TAYPATOV xabar qiladi.

22-24-may kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida XVI Yevroosiyo media forumi boʻlib oʻtdi. Unda oʻnlab mamlakatlardan jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari rahbarlari bilan birga siyosatshunoslar, diplomatlar, jamoat arboblari, xalqaro media ekspertlari ishtirok etdi.

Forumning ochilishida Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoning anjuman qatnashchilariga tabrigi oʻqib berildi. Armaniston Respublikasi Prezidenti Armen Sarkisyan va Olmaota shahri hokimi Bayirjan Baybek ishtirokchilarni tabrikladi.

15 yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan forum oʻzaro erkin muloqot shaklida tashkil qilindi.

Xalqaro media ekspertlarining dolzarb zamonaviy mavzulardagi mahorat saboqlari oʻtkazildi, davra suhbatlari uyushtirildi.

Anjuman majlislari butun jahon afkor ommasini qiziqtirayotgan – “Globallashuv: dunyo taraqqiyotning yangi modellarini izlamoqda”, “Isteʼmol inqirozi”, “Ishonch inqirozi. Kuchlarning boʻlinishi”, “Blogerlar: virtual dunyoning yangi rok-yulduzlari” kabi rang-barang mavzularga bagʻishlandi.

Turli davlatlardan kelgan taniqli jurnalistlar, siyosatchilar, mutaxassislar – majlis spikerlari jahon ahlini tashvishga solayotgan muammolar haqida bahs-munozara yuritdi.

Ishtirokchilar va mehmonlar uchun madaniy dam olish tadbirlari ham tashkil etildi. Yil davomida anjuman doirasida oʻtkazilgan tanlovlar gʻoliblari eʼlon qilindi.

OʻzA
2 975