O‘zA O`zbek

14.11.2019 Chop etish versiyasi

Jurnalist va blogerlar akkreditatsiyadan o‘tkazildi

Jurnalist va blogerlar akkreditatsiyadan o‘tkazildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya raisi S.Nuriev boshqargan yig‘ilishda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.

– Saylov kodeksiga muvofiq, ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida, shu jumladan, ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqiga ega, – deydi Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i M.Ixtiyorov. – Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Shundan kelib chiqib, hozirga qadar viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlardan tushgan 40 dan ortiq ariza ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, bir qator ommaviy axborot vositalari vakillariga mandatlar topshirildi.

Qayd qilinganidek, nizomga asosan ommaviy axborot vositalari vakillari qoida tariqasida, saylovga kamida o‘n besh kun qolgunga qadar viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilishlari mumkin.

662
G‘.HASANOV, O‘zA