O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

07.09.2018 17:12 Chop etish versiyasi

Juma – “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni”

Juma – “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Yoʻl harakati xavfsizligi kunini oʻtkazish va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Toshkent viloyati YHXB tomonidan tadbir tashkil etildi.

Maʼlumki, mamlakatimizda haftaning har juma kuni “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan Viloyat yoʻl patrul xizmati inspektorlari bugun erta tongdan oʻz xizmat faoliyatini maktab va kollejlarda oʻquvchi bolalarni yoʻldan xavfsiz oʻtishini taʼminlashdan boshladi.

Ular fuqarolik jamiyati institutlari va Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari bilan hamkorlikda oʻquv muassasalari, yoʻlovchi tashuvchi tashkilotlar va odam koʻp toʻplanadigan joylarda “Yoʻl harakati qoidalariga soʻzsiz rioya qilaylik” mavzusida targʻibot ishlarini amalga oshirdi.

Aholi, ayniqsa, yoshlarning yoʻl harakati qatʼiy rioya etishlarini taʼminlash, noxush holatlarning oldini olish maqsadida tarqatma materiallar – qoʻllanma, buklet va flayerlar tarqatildi.

OʻzA