O‘zA O`zbek

15.03.2019 19:16 Chop etish versiyasi

Joʻqorgʻi kenges raisining sayyor qabuli

Joʻqorgʻi kenges raisining sayyor qabuli

Beruniy tumani “Qizilqalʼa” ovul fuqarolar yigʻinida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazovning aholi bilan muloqoti – sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Prezidentimiz tomonidan xalq bilan muloqotning yangicha tizimi yaratilgani hududlardagi muammolarni oʻrganish, oʻz vaqtida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Bu kabi sayyor qabullar nafaqat shahar va tuman markazlarida, balki eng chekka qishloqlarda ham tashkil etilayotgani ahamiyatga ega.

Tuman markazidan ancha uzoqda joylashgan ovul fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan sayyor qabulda jami 25 nafar fuqaro asosan kommunal xizmati, maktabgacha taʼlim muassasasi, uy-joy bilan taʼminlash, bandlik singari masalalarda murojaat etishdi. Shundan 9 nafar fuqaroning murojaati shu yerning oʻzida yechimini topdi. Qolganlari tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan oʻrganilib, yechimi nazoratga olindi.

– Ellikqalʼa tibbiyot kollejini tugatib, bugungi kungacha ishsiz edim, –deydi “Qizilqalʼa” ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi fuqaro Maryam Jumaniyazova. – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining qabulida boʻlib, oʻzim istiqomat qiladigan hududdagi oilaviy poliklinikaga ishga qabul qilinadigan boʻldim.

Bunday sayyor qabul Ellikqalʼa tumanida ham boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudiri H.Xalimov ishtirok etdi.

D.ABIBULLAYEV,
Qoraqalpogʻiston axborot agentligi sharhlovchisi

O'zA
688