Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.11.2017 18:45 Chop etish versiyasi

Jizzaxda zamonaviy mehmonxona ish boshladi

Jizzaxda zamonaviy mehmonxona ish boshladi Jizzax shahridagi to‘rt yulduzli “GRAND HOTEL UZBEKISTAN” mehmonxonasi mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, quruvchilar, mehnat faxriylari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar rejasi asosida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Butunlay bo‘shab qolgan inshootni ta’mirlash, zamonaviy mehmonxona barpo etishda “GRAND TOVER” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z mablag‘i va "Asakabank”ning viloyat filialidan olingan 33 milliard so‘mlik imtiyozli kreditdan foydalandi. Inshootda “Agrostandartplyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 40 milliard so‘mlik ta’mirlash va jihozlash ishlari bajarildi.

180 o‘rinli mehmonxonadagi shinam, biri-birini takrorlamaydigan dizaynga ega, zamonaviy mebellar bilan jihozlangan 4 apartament, 108 lyuks va 24 oddiy xonada mehmonlar yashashi va dam olishi uchun barcha qulaylik yaratilgan. Restoran, kafe, bar, internet klub, kutubxona, 80 o‘rinli konferens-zal xalqaro andozalarga muvofiq jihozlangan.

– Viloyatimizda zamonaviy mehmonxonalar tarmog‘i kengayib borayotir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Jizzax viloyati vakolatli vakili Lola Sanayeva. – Mukammal ta’mirlanib, jahon andozalari talabiga mos tarzda ish boshlagan mehmonxona hududda turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mehmonxona ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Soliyev so‘zga chiqdi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
1 592






Все о погоде - Pogoda.uz