O‘zA O`zbek

09.11.2019 Chop etish versiyasi

Jizzaxda VII Yevropa kinofestivali boʻlib oʻtmoqda

Jizzaxda VII Yevropa kinofestivali boʻlib oʻtmoqda

Mamlakatimizda 11-oktyabrda boshlangan VII Yevropa kinosi festivali 10-noyabrgacha davom etishi belgilangan.

“Oʻzbekkino” milliy agentligi, Yevropa ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi bilan birga Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi koʻmagida tashkil etilgan festival Jizzax viloyatida davom etmoqda.

Kinofestival Toshkent, Nukus va Urganchning katta ekranlarida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi. Minglab tomoshabinlar koʻhna qitʼaning kino ustalari durdonalari bilan tanishishga muvaffaq boʻldilar. Endi bu imkoniyat jizzaxlik kinomuxlislarda ham 8-10-noyabr kunlari paydo boʻldi.

Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyati musiqali drama teatrida xorijlik mehmonlar, keng jamoatchilik, koʻp sonli kinomuxlislar ishtirokida VII Yevropa kinosi festivali festivalning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Festival kunlari katta ekranida Yevropaning Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Latviya, Niderlandiya, Finlyandiya, Fransiya va Shvetsiya davlatlarining taniqli rejissyorlari tomonidan yaratilgan 10 ta film namoyish etiladi. Filmlar ichida xalqaro kinofestivallar gʻoliblari va nufuzli mukofotga sazovor boʻlganlari bor.

Xususan, “Belgiyaliklar qiroli” – komediya janrida suratga olingan drama kattalar uchun qiziqarli boʻlsa, “Qishdagi Luiza” animatsion filmi bolalarni befarq qoldirmaydi. Shuningdek, kinomuxlislar “Stefan Sveyg: Yevropa bilan xayrlashuv” hujjatli filmini, “Imtihon” va “Kichik fermer” dramalari, insoniyat tarixi, ekologik dolzarb masalalarga bagʻishlangan “Homo sapiyens”ni, “Uzoqdagi kuchuklar hayqirigʻi” hujjatli filmini, kriminal elementlariga ega “Chyambra” dramasini, “Hayotdagi eng baxtli kun” nomli quvnoq ekran asari va “Jannat 89” badiiy kartinalari tomosha qilishga muvaffaq boʻlishadi.

Barcha filmlar asl tilida rus va oʻzbek tilidagi subtitrlar bilan asliyat tilida namoyish etiladi.

Festival 10-noyabrgacha davom etadi. Kinoseanslarga kirish bepul.

483
T.BEKNAZAROV,J.YORBEKOV (surat), OʻzA