Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 16:26 Chop etish versiyasi

Jizzaxda partiya viloyat kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyati kengashining 2016-yil faoliyati yakunlari va 2017-yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan plenumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezidentimizning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi, parlament palatalari qo‘shma majlisidagi va mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzalarida belgilab berilgan yo‘nalishlardan kelib chiqadigan muhim vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hisobot davrida partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahalliy vakillik organlariga partiyadan saylangan deputatlar faoliyati va tashabbuskorligini oshirish, partiya tashkilotlari hamda guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratilib, ular faoliyati doimiy tahlil qilib borilgani ta’kidlandi.

2016-yilda partiyaning viloyat kengashidagi deputatlari tomonidan tegishli davlat hokimiyati boshqaruvi organlariga 38, shu jumladan, fuqarolar murojaatlari bo‘yicha 16, qonunlar va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosi bo‘yicha 22 deputatlik so‘rovi yuborilgan, ijrosi nazoratga olindi.

Partiyadan saylangan deputatlarning takliflari bilan doimiy komissiyalarda 18 marotaba mansabdor shaxslarning hisoboti tinglangan. Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi muhokamasiga bitta masala kiritilgan. Unda hokim va uning o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan ishlari keng muhokama etildi.

– Deputatlik so‘rovi va mansabdor shaxslar hisobotini eshitish davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning, aholi talab-ehtiyojlarini bajarishning eng ta’sirchan usullaridandir, – deydi partiya viloyat kengashi raisi o‘rinbosari S.Nazarqosimov. – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida partiyamizdan saylangan deputatlar oldida katta vazifalar turibdi. Endi partiyamizdan saylangan deputatlar aholi ichiga kirib boradi, ularning turmush sharoitini o‘rganib, turli muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishga hissa qo‘shadi.

Plenumda partiya viloyat kengashining 2017-yilgi ish rejasi tasdiqlandi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
2 442






Все о погоде - Pogoda.uz