O‘zA O`zbek

26.09.2020 Chop etish versiyasi

Jizzaxda pandemiya sharoitida ham bozor xizmatlari koʻrsatish surʼati oʻsdi

Jizzaxda pandemiya sharoitida ham bozor xizmatlari koʻrsatish surʼati oʻsdi

Pandemiya davridagi iqtisodiy qiyinchiliklar, avvalo, bozor xizmatlarining kamayishida oʻz aksini topadi. 

Biroq Jizzax viloyatida pandemiya qiyinchiliklariga qaramay bozor xizmatlari koʻrsatishda oʻsish kuzatildi.

Viloyat statistika boshqamasi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, hududda 2020-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, 3 trillion 31,6 million soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan. Bu xizmatlarning oʻsish surʼati 101,5 foizni tashkil etdi. Yaʼni, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish kuzatildi.

Aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari xajmi 2 million 182,9 ming soʻmni tashkil etdi. Shu davrda moliyaviy xizmatlar ulushi 37,2 foizga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ulushi 14,8 foizga, taʼlim sohasidagi xizmatlar ulushi 9,8 foizga oshishi bozor xizmatlari jami hajmining oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Shu bilan birga, savdo xizmatlari 12,7 foizga, yashash va ovqatlanish xizmatlari 26,2, koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar 14,1, meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 34 foizga va ijara xizmatlari 13,9 foizga pasaydi.

Xizmatlarning umumiy hajmida Jizzax shahrining ulushi eng yuqori – 54,6 foizni tashkil etdi. Bu shahar aholisining real daromadlari boshqa viloyatlardan koʻra yuqoriroq ekanligini koʻrsatadi.

Shuningdek, Sharof Rashidov, Zomin, Gʻallaorol, Baxmal, Doʻstlik, Paxtakor va Forish tumanlariida birmuncha yuqori oʻsish surʼatlari qayd etildi.

Xizmatlar sohasining nisbatan past koʻrsatkichlari Yangiobod, Zafarobod, Arnasoy, Mirzachoʻl, Zarbdor tumanlarida kuzatildi.

760
Toshqul BEKNAZAROV, OʻzA