Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.08.2017 15:18 Chop etish versiyasi

Jizzaxda ham umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki ruhda uyushqoqlik bilan o‘tmoqda

Prezidentimizning joriy yil 27 aprel kuni Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, shahar va tumanlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar asosida qurilish ishlari borayotgan hududlarda ham umumxalq hashari qizg‘in davom etmoqda.

Atoqli davlat arbobi va adib Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida barpo etilayotgan xiyobon hasharchilar bilan ayniqsa, gavjum. Shaharning turli joylaridan kelgan bir necha ming hasharchi xiyobon qurilayotgan 6,4 gektar maydonni qurilish chiqindilaridan tozalash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida qatnashmoqda.

Sharof Rashidov tug‘ilib, voyaga yetgan ko‘cha, Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni barpo etilayotgan maydonlarda ham ko‘p sonli hasharchilar uyushqoqlik bilan ishlamoqda.

Qurilish ko‘p joyda hasharchiga ham ish ko‘p. Shaharning yangi uy-joylar, yo‘l va ko‘chalar, xiyobonlar barpo etilayotgan Toshkent, Mustaqillik, Alisher Navoiy va Sharof Rashidov ko‘chalari, Jizzax temir yo‘l vokzali hududlari hasharning eng qizg‘in joylariga aylandi.

Umumxalq xayriya hashari barcha korxona-tashkilot, muassasa, fuqarolar yig‘inlari hududida ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
 
Jizzax shahrida hasharning birinchi kuni 50 mingga yaqin, jumladan, 31 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Tozalash-obodonlashtirish ishlarida 100 ga yaqin texnika vositalari ishlatildi.

– Xayriya hasharida 653 gektardan ziyod maydonda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi A.Sattorov. – 413 kilometr ariq-zovurlar tozalanib, 49 ziyoratgoh, 151 qabriston tartibga keltiriladi. 488 ming tup daraxtga shakl berilib, oqlanadi. Viloyat bo‘yicha 190 nafar urush va mehnat fronti faxriysi, shuningdek, keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarning 6 ming kvadrat metrlik turar-joylari ta’mirlab beriladi. Ko‘makka muhtoj oilalar, nogiron va yolg‘iz keksalarga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Toshqul Beknazarov,O‘zA
1 977






Все о погоде - Pogoda.uz