O‘zA O`zbek

30.05.2020 Chop etish versiyasi

Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti pandemiya sharoitida ham xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirdi.

Universitet Rossiya Federatsiyasining Ural davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan olib borilgan onlayn muzokaralar natijasida hamkorlik kelishuviga erishdi.

Hamkorlik doirasida mamlakatlarimiz oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport taʼlim sohasida aloqalarni yana-da kengaytirish, talabalar almashinuvi, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish hamda ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil etish rejalashtirildi.

Maʼlumot oʻrnida, Ural davlat jismoniy tarbiya universiteti Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida joylashgan boʻlib, 1970-yilda asos solingan. 2005-yilda universitet maqomi berilgan. Hozirgi kunga qadar universitetda 30 nafardan ortiq olimpiya chempionlari va sovrindorlari yetishib chiqqan.

12 066
OʻzA