O‘zA O`zbek

08.08.2018 16:40 Chop etish versiyasi

Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati

“Tanka” abituriyentni ishontirdi

Yurtimizda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining tubdan isloh qilingani bugungi kunda fuqarolarimiz e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Sababi, bunday shaffof va adolatli tizim mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Ochig‘ini aytganda, ko‘p yillardan buyon oliy o‘quv yurtlariga kirish test-sinovlari arafasida yuz beradigan “tomoshalar”, ayrim nopok kimsalar, ba’zan esa ta’lim sohasi mutasaddilarining ham bunga aralashib, jinoyatga qo‘l urganiga bot-bot guvoh bo‘lar edik.

Endilikda imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borish, ertasi kuniyoq javoblardan xabardor bo‘lish imkoniyati mavjudligi hamda bir qator yo‘nalishlarda faqatgina ijodiy imtihonlar topshirilishi haqiqiy bilim va iqtidor egalarini tanlab olishda xolislikni ta’minlamoqda.

Shunga qaramay, ayrim holatlarda “o‘qishga kiritish”ga odamlarni ishontirib, oqibatda ba’zi “sodda”, aslida esa, huquqiy savodi yetarli bo‘lmagan kishilarni tuzog‘iga ilintirayotgan “ishbilarmon”lar ham yo‘q emas.

Xususan, xatirchilik B.Tursunov “Asakabank” aksiyadorlik tijorat banki ishchisi, abituriyent F.Ahmedovni Toshkent moliya institutiga noqonuniy yo‘l bilan kiritib qo‘yishni va’da qilib, unga bu “xizmat haqi” 8 ming dollar bo‘lishini ma’lum qiladi. Joriy yilning 18 iyul kuni davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mazkur jinoiy xatti-harakatlar fosh etildi.

Hozirda to‘plangan materiallarga asosan, ayblanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
2 568