O‘zA O`zbek

07.09.2018 20:33 Chop etish versiyasi

Jinoyatchilikka qarshi kurashish yulida xalqaro hamkorlik

Jinoyatchilikka qarshi kurashish yulida xalqaro hamkorlik Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Osiyo-Tinch okeani guruhining Seul shahrida (Koreya Respublikasi) oʻtkazilgan oltinchi simpoziumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Koreya Respublikasi Moliyaviy razvedka boʻlimi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi maʼlum qildi.

Mazkur hujjatga koʻra, hamkorlik jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyati doirasida shubhali moliyaviy operatsiyalar va ularni amalga oshiruvchi shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi orqali olib boriladi.

Hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan 21 xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan bu turdagi hujjatlar imzolangan (AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Turkiya va boshqalar).

OʻzA
1 471