O‘zA O`zbek

08.08.2018 15:27 Chop etish versiyasi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyatidagi sudlar 23 kishini oqladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyatidagi sudlar 23 kishini oqladi
Samarqand viloyati sudlari raislari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi raisi Olim Hayitov bu haqda ma’lumot berdi.

Raisning qayd etishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, tuman, shahar sudlari tomonidan joriy yilning 6 oyida 2939 nafar shaxsga nisbatan 2323 ta jinoyat ishlari ko‘rib, tamomlangan. Tamomlangan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1091 ta, shaxslar soni esa 1246 nafarga kamaygan. Jinoyat ishlarining 1099 tasi sayyor sud majlislarida ko‘rilgan. 

517 ta jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatilib, 579 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan. 

4a6c0847-ed6a-4a6e-a7b9-e06f4229f1c0.jpg

Sudlangan shaxslarning 621 nafariga ozodlikni cheklash va 32 nafariga majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan.

Axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlash 29,1 foizga, ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash 16,3 foizga kamaygan. 235 nafar shaxsga yoki jami sudlangan shaxslarning 10,4 foiziga jarima jazosi tayinlangan. 

5738a4ad-454c-4182-ab7a-d819dcbdd564.jpg

Birinchi yarim yillikda 5 nafar shaxsga nisbatan 1 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilgan. Shuningdek, viloyat sudi yuqori instansiyalari tomonidan 23 nafar shaxs JPKning 83-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari asosida oqlangan va ularga nisbatan jinoyat ishlari harakatdan tugatilgan.

G‘.Hasanov, O‘zA
2 120