O‘zA O`zbek

15.08.2018 09:44 Chop etish versiyasi

Javobgarlik xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari zimmasida!

Javobgarlik xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari zimmasida!

Zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan hisoblagichlar javobgarligi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari zimmasida.

Elektr energiyasini hisobga olish asboblari zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan taqdirda ularning saqlanishi va butligi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda tasarrufida uy-joy bo‘lgan idora, tashkilot javob beradi.

Zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblariga zarar yetkazilganda yoki o‘g‘irlangan taqdirda, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va idora, tashkilot ularni o‘z hisobidan tiklashi shart. Bu haqida Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali orqali yana bir karra eslatadi.

O‘zA
2 612