O‘zA O`zbek

01.05.2018 14:29 Chop etish versiyasi

Janubiy Koreyaning mashhur “UzKor Economy” jurnali Farg‘ona haqida!

Janubiy Koreyada nashr etiladigan “UzKor Economy” haftalik jurnalining 2018-yil aprel oyi sonlaridan birida Farg‘ona viloyatining iqtisodiy salohiyati yoritildi.

10.jpg

Jurnalda Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi, Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan katta iqtisodiy biznes forumi, Prezidentimiz qarori bilan tashkil topgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi sharoitlar hamda viloyatning investitsion salohiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning respublikamizda, jumladan, Farg‘ona viloyatida investitsion iqlimni o‘rganish, hamkorlik qilish uchun barcha eshiklar keng ochiq, uchrashuv va hamkorliklar nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki ta’lim, ilm, va madaniyat sohalarida ham ikki xalqning yaqinlashuvida yangi pog‘ona bo‘ladi, degan fikrlari Janubiy Koreya jamoatchiligida keng muhokama qilinmoqda va e’tirof etilmoqda.

222.jpg

Maqolada xorijlik tadbirkorlar ikki kun davomida Farg‘ona viloyatining iqtisodiy, investitsion, turistik salohiyati va boshqa sohalar bilan tanishganliklari, viloyatda tashkil etilayotgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi, “Indorama Kokand texstile” qo‘shma korxonasida biznes uchun yaratilgan sharoit ularda katta taassurot uyg‘otganligi yoziladi.

Darhaqiqat, ikki kunlik tashrifdan Janubiy Koreyalik hamkorlarimiz juda katta taassurotlar oldilar, Farg‘ona viloyatini iqtisodiy hamkorlik uchun qulay, investorlar uchun sharoitlar yaratilgan, deb topdilar va viloyatda ikkita zavod qurishga kelishildi.

Bu esa O‘zbekistonning siyosiy maydonda nufuzi ortib borayotganligi, farg‘onalik tadbirkorlarimiz ham qadimdan davom etib kelayotgan Buyuk ipak yo‘li aloqalarini rivojlantirib, xalqimizning munosib turmush darajasini yaratishga hissa qo‘shayotganliklarini ko‘rsatadi.

M. Sulaymonov

5 301