Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.08.2017 17:03 Chop etish versiyasi

Janubiy koreyalik shifokorlar Andijonda

Janubiy koreyalik shifokorlar Andijonda Andijonda Janubiy koreyalik shifokorlar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Janubiy Koreyaning Ewha Womans University gospitali hamkorligida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tashkil etilgan tadbirda aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, dori-darmon va sanitariya-gigiyena vositalari berildi.

– Pediatr, ortoped, psixolog, stomatolog, ginekolog, otolaringolog kabi mutaxassislardan iborat Janubiy koreyalik shifokorlar guruhi aholiga zarur tavsiya va maslahatlar berdi, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy filiali direktori Tursunboy Berdirahmatov. – Tug‘ma yurak, qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari nuqsoni, terining kuyish asoratlari va boshqa jiddiy xastaliklar bilan og‘rigan bemorlar Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy tibbiy jihoz va asbob-uskunalar yordamida chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tkazildi.

– Maqsadimiz, yurtingizda aholi salomatligini muhofaza qilishga ko‘maklashish, o‘zbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish, – deydi Ewha Womans University gospitali professori Kim Xan Su. – O‘zbekistonda avval ham bo‘lganman. Shu qisqa vaqt ichida bu yerda amalga oshirilgan o‘zgarishlar meni hayratga solmoqda. Ayniqsa, tibbiyot sohasida erishilayotgan yutuqlarni alohida ta’kidlamoqchiman. Tashrif doirasidagi hamkorligimiz ijobiy samara berishiga ishonaman.

– O‘zim terapevtga ko‘rindim, qizim va o‘g‘lim bolalar shifokori ko‘rigidan o‘tdi, – deydi Baliqchi tumanidagi Siza mahallasida yashovchi Mohiro‘ya Qosimova. – Xorijlik shifokorlar sog‘lig‘imizni mustahkamlash bo‘yicha zarur tavsiya va maslahatlar berdi.

Tashrif doirasida xorijlik shifokorlar Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Tibbiy ta’lim va uning samaradorligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish yuzasidan muloqot tashkil etildi, ilmiy ma’ruzalar tinglandi, mahorat darslari o‘tkazildi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
1 771






Все о погоде - Pogoda.uz