O‘zA O`zbek

21.09.2018 Chop etish versiyasi

Jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari ijodiy kechaga ulandi

Jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari ijodiy kechaga ulandi

Chirchiq dala-oʻquv mashgʻulotlari maydonida Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlarining majmuaviy jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

8_пол_Е_Алибек_сентябрь_Чирчик_палигон6.jpg

Belgilangan oʻquv joylarida kursantlarning qurol-yarogʻ va harbiy texnikadan foydalanish borasidagi tajribalari mustahkamlandi. Xususan, mashgʻulot rahbari mayor Umidbek Yaxshiboyev PM pistoletining texnik tavsifi, taʼsir doirasi va nishonni yoʻq qilishdagi muhim xususiyatlarini oʻzlashtirishda kursantlarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Shuningdek, kursantlar jangovar mashina va yengil zirxlangan texnikalarni boshqarish, zarur vaqtda belgilangan masofani bosib oʻtib, qulay pozitsiyani egallash va dushmanning quruqlikdagi harakatlanuvchi kuchlarini tor-mor etishga qaratilgan jangovar vazifani ham aʼlo darajada bajardi. Ularning har bir harakati malakali ofitser-oʻqituvchilar tomonidan baholab borildi.

“Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir” shiori ostida shaxsiy tarkib oʻrtasida maʼnaviy kecha uyushtirildi. Unda Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi masʼullari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi shahar kengashi faollari, “Chirchiq tongi” gazetasi ijodiy jamoasi va yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirda oliy harbiy taʼlim muassasaning badiiy havaskor jamoalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar, askiya va soʻz oʻyinlari barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Namunali xizmat oʻtayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar bilim yurti qoʻmondonligi tomonidan faxriy yorliq va badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.

2 040
Abdulaziz Musayev, OʻzA