O‘zA O`zbek

12.11.2019 Chop etish versiyasi

Jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi

Jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligi, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgarishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida jamoatchilik tashkilotlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish bosh maqsad sifatida e’tirof etilgan. 

Prezident Qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan, joriy yilning 18-24 oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashma rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan haftalik o‘quv kurslari tashkil etiladi.

935
O‘zA