Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.02.2017 17:52 Chop etish versiyasi

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Jamoatchilik kengashi raisi I.Mirzaaliyev, mudofaa vaziri o‘rinbosari M.Soliyev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida milliy armiyamizni isloh etish va uning mudofaa qudratini, jangovar salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega harbiy xizmatchilarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 24-oktabrdagi qarori bilan tashkil etilgan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi milliy armiyamiz va aholi o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Mudofaa vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, mudofaa va harbiy qurilish sohasini rivojlantirishga fuqarolar va jamoat birlashmalarini jalb etish, harbiy xizmatchilar va chaqiriqqacha bo‘lgan yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish, davlatimiz tomonidan Vatan himoyachilarining huquqiy va ijtimoiy himoyasi yo‘lida olib borilayotgan ishlarni aholi o‘rtasida keng tushuntirish, harbiy xizmat nufuzini yanada oshirish kabi ustuvor maqsadlarga xizmat qilayotir.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llangan bayram tabrigida belgilab berilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Prezidentimiz Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ko‘pgina yutuqlarga erishayotganini qayd etarkan, viloyat hokimliklari tarkibida ushbu kengash mintaqaviy bo‘linmalari tuzilishi uning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini ta’kidladi. Mazkur bo‘linmalarning ishi harbiy okruglar qo‘mondonligi bilan yaqin hamkorlikda tashkil etiladi.

Tadbirda Jamoatchilik kengashining joriy yilgi ish rejasi tasdiqlandi.

Dilshod Karimov, O‘zA
939






Все о погоде - Pogoda.uz