Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.02.2017 19:00 Chop etish versiyasi

Jamoatchi inspektorlar tabiatni muhofazalaydi

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida ekologik nazorat jamoatchi inspektorlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, olimlar, ekspertlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida mukammal huquqiy asoslar yaratilgan. 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Mazkur qonunga muvofiq tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida davlat, idoraviy, ishlab chiqarish nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazorati ham yo‘lga qo‘yildi.

Qonunchiligimizga binoan jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan ekologiya inspektorligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tavsiya etiladi. Bunday mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida maxsus o‘quv-uslubiy markaz tashkil etildi. sch

– Ekologik muammolarni bartaraf etish, ularning tabiiy muvozanatga va inson salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olish barchamizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklamoqda, – deydi Yunusobod tumani «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Bahrom Muhammedov. – Mahallada jamoatchi ekologiya inspektori faoliyat yuritishi bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalarni amalga oshirish, xususan, hududlarning ekologik musaffoligini ta’minlash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiat boyliklarini tejash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ezgu qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminarda jamoat ekologik nazoratining huquqiy asoslari, tabiatni muhofazalashda jamoatchi inspektorlarning o‘rni, atrof-muhit muhofazasi sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida amalga oshirilayotgan loyihalarga oid ma’ruzalar tinglandi. Ekologik nazorat sohasida malaka oshirgan bir guruh jamoatchi inspektorlarga guvohnomalar topshirildi.

Bahor Xidirova, O‘zA
841






Все о погоде - Pogoda.uz