Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.03.2017 20:18 Chop etish versiyasi

Jamiyatda yoshlar faolligi oshmoqda

Toshkent politexnika kasb-hunar kollejida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tashabbusi bilan “Muammolarni hal etishda mening ishtirokim” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ham yoshlarga oid davlat siyosatining o‘ziga xos jihatlari xususida alohida to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, yoshlarning ma’naviy kamoloti, ijtimoiy-iqtisodiy holati, yoshlar bandligi yo‘nalishida bir qator dolzarb vazifalar belgilab berilgan.

Yoshlarga oid davlat siyosatini hamda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularning muammolarini samarali hal etishda partiya tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda partiyaning “Yosh siyosatchilar” klubi faollarining mahalliy Kengashlar deputatlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, hududlardagi muammolarni o‘rganish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalariga masalalar tayyorlashda yoshlar ishtirokini ta’minlash, ularning muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni o‘rganish, deputatlikka yosh nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish lozimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga partiya va deputatlar tomonidan o‘quv formalari, shahar jamoat transportidan foydalanish uchun oylik yo‘l chiptalari, o‘quv qurollari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
353






Все о погоде - Pogoda.uz