O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

“Jamiyat” gazetasi muxbirining avtohalokatga uchragani yuzasidan RASMIY BAYoNOT

“Jamiyat” gazetasi muxbirining avtohalokatga uchragani yuzasidan RASMIY BAYoNOT 2019 yil 6 noyabr kuni soat 23:55 larda fuqaro S.U. o‘zi ishlab kelayotgan korxonasiga tegishli bo‘lgan “Gazel” rusumli avtomashinani “Urganch-Xiva” yo‘lining 4-kilometrida boshqarib borayotganida, yo‘lni kesib o‘tayotgan “Jamiyat” gazetasi muxbiri Davlatnazar Ro‘zmetovni urib yuborgan.

Oqibatda D.Ro‘zmetov bosh qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deya bayonot beradi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.

313
O‘zA