Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.08.2017 19:51 Chop etish versiyasi

Jamiyat barqarorligini mustahkamlash yo‘lida

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida “Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga tahdidi, “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashishda ma’naviy-mafkuraviy tarbiya ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda partiya viloyat kengashi xodimlari, tuman hokimligi mas’ullari, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limlari vakillari, imom-xatiblar, yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni turli yot g‘oyalar, ayniqsa, “ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm va terrorizm kabi illatlar ta’siridan himoya qilish, Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Bunday illatlarga qarshi “Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz” tamoyili asosida yoshlarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ommaviy sport musobaqalariga keng jalb etishga qaratilgan loyihalar, targ‘ibot tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda, – deydi partiya viloyat kengashi “Yoshlar qanoti” rahbari B.Qodirov. – Bugungi tadbir ham yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ular o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik kabi illatlar oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash, muqaddas dinimiz sofligini asrash, yoshlarni turli diniy oqimlar ta’siridan himoya qilish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 805






Все о погоде - Pogoda.uz