O‘zA O`zbek

03.08.2020 Chop etish versiyasi

“Jaloliddin Manguberdi” serialda bosh qahramonni turk aktyori Emre Kiviljim ijro etmoqda

“Jaloliddin Manguberdi” serialda bosh qahramonni turk aktyori Emre Kiviljim ijro etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga koʻra “Oʻzbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialining suratga olish ishlari boshlandi, deya xabar bermoqda “Oʻzbekkino” milliy agentligi Axborot xizmati.

Turkiyaning “Boʻzdagʻ film” studiyasi tomonidan suratga olinayotgan koʻp qismli film rejissyori Mehmet Boʻzdagʻ, ssenariy muallifi Nazar Eshonqul. Hozirda Turkiyaning Aksaray viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyadan iborat pavilyon qurilgan. Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. Shuningdek, bir qator oʻzbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxoʻja Rasulov, Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Rayhon Ulasenova, Raʼno Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.

Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat.

13 895
OʻzA