O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 18:51 Chop etish versiyasi

Jahongir Ortiqxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniyada

Jahongir Ortiqxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniyada Ayni damda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Germaniyada boʻlib turibdi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugungi tadbirlar dasturida Berlin shahridagi yer osti metropoliteni va unga tutash hududlarning boʻsh joylaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishish hamda Berlin shahri hokimi M.Myuller janoblari bilan uchrashuvlari oʻrin olgan.

Kunning ikkinchi yarmida J.Ortiqxoʻjayev “Berlinning oltin kitobi”ga oʻz fikr-mulohazalarini yozib qoldirishi, shuningdek, Berlin shahri ichki ishlar va sport senatori bilan uchrashuvi, Kroysberg tumanidagi sport va fitnes markazi faoliyati bilan tanishishi koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, delegatsiya aʼzolari kun yakunida Toshkent va Berlin oʻrtasidagi doʻstona aloqalarning 25 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali marosimda ishtirok etadi.

OʻzA