O‘zA O`zbek

13.06.2018 15:48 Chop etish versiyasi

Jahon bozorida za’faron xomashyosining bir kilogrami 1000 dollargacha baholanadi

Jahon bozorida za’faron xomashyosining bir kilogrami 1000 dollargacha baholanadi
O‘qing, qiziq...

Dunyoda shunday o‘simliklar borki, o‘ta noyob va kamyobligi bilan alohida qimmatga ega. Za’faron ham mana shunday o‘simliklar sirasidan bo‘lib, u xushbo‘yligi, ta’mi va davolash xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.

Za’faron hozirgi davrda esa asosan tibbiyotda va pazandachilikda ishlatiladi. Yer yuzida bugungi kunda yiliga faqat 300 tonna za’faron yetishtirilgani bois bu ziravor yuqorida aytganimizdek o‘ta qimmatbaho sanaladi.

Bu o‘simlikning bir qancha o‘xshash turlari bor. Masalan, Ozarboyjonda “imeritinskiy shafran”ni, Meksikada “maxsar gullari”ni, Hindistonda “kurkuma”ni za’faron deb savdoga chiqarishadi. O‘zimizda esa “maxsar gullari”ni za’faron, deb atash holatlari uchrab turadi. Bu o‘simliklar za’faron bilan bir oilaga mansub bo‘lib, yurtimizda za’faronning bir necha turlari endem (jaydari) holida uchraydi. Ammo ular za’faron emas.

Ma’lumotlarga qaraganda, dunyoda yetishtirilayotgan za’faron mahsuloti miqdori juda kam – bor-yo‘g‘i 300 tonnani tashkil etadi. Uning 175 tonnasi Eronda yetishtirilib, 120 tonnasi eksport qilinadi.

Bugungi kunda shafran o‘simligi Fransiya, Italiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Xitoy, Pokiston, Ispaniya, Yaponiya, Ozarboyjon, Rossiya va boshqa mamlakatlar hududlarida keng tarqalgan. Jahon bozorida 1 kilogramm za’faron xomashyosining narxi 400 dollardan 1000 dollargacha baholanadi. Gulining bir kilogrami esa 2500 dan 5000 dollargacha sotiladi.

Davron Sunnatov, O‘zA
5 596