O‘zA O`zbek

11.09.2018 14:41 Chop etish versiyasi

Italiyalik xonanda Buxoroda klip oldi

Italiyalik xonanda Buxoroda klip oldi
Bugungi kunda reklama roliklari orqali, auditoriya diqqatini jalb qilish tobora qiyinlashib bormoqda. Yangilikka intiluvchan inson tabiatini qaysidir xabarga qiziqtirish oson emas.

Shu jumladan, turizm sohasida ham Oʻzbekistonning bir-biridan goʻzal viloyatlarini bor jozibasi bilan xorij auditoriyasiga taqdim etishda ham yangicha yoʻnalishlarni izlashga toʻgʻri kelmoqda. Aynan shuning uchun ham “Koʻk choy” vokal cholgʻu ansambli Italiyalik xonanda Daniyel Pistolozzi bilan hamkorlikda “Muhabbat ila Buxoro” (Bukhara with love) nomli qoʻshiq ishlab, unga Buxoroda klip ishladilar.

Qoʻshiq ikki rus va italyan tillarida kuylangan boʻlib, klipda Buxoro oʻzgacha joziba bilan namoyon qilinadi. Klip“Oʻzbekturizm”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” homiyligida Toʻdakoʻl koʻlida suratga olingan. Klip Fransiya va Italiya davlatlarida 100 kishilik auditoriyaga namoyish etildi. Klip tomoshasidan soʻng 80 nafar kishi Buxoroga sayohat qilishga katta qiziqish bildirgan, 60 kishi esa yer yuzida shunday goʻzal tabiatli shahar borligini endi bilganini aytgan.

6d8977b1-5bd6-4c4e-89f5-3404a372f7c2.jpg

“Bugungi kunda reklamalar bilan odamlarni jalb etish urfdan qoldi. Hozirda yoshlarni Oʻzbekistonga sayohat qilishga jalb etish uchun “Yutub“ga videolar joylash va ularning sevimli xonandalari kliplaridan foydalanish kerak. Biz suratga olgan klip aynan yoshlarbop va uni qoʻl telefoni orqali ham osongina tomosha qilish va boʻlishish mumkin. Yana biz klipda Buxoroni odamlarga his qilish darajasida yetkaza oldik deb oʻylayman. Undan Buxoroning sirliligi va ertaknamo goʻzalligi bor-budi bilan namoyon boʻladi”, deydi klip rejissyori Jasur Shametov.

OʻzA
1 995