O‘zA O`zbek

25.08.2018 11:04 Chop etish versiyasi

Isteʻmolchining qarshi arizasi asosida ish oʻrganishdan toʻxtatildi

Isteʻmolchining qarshi arizasi asosida ish oʻrganishdan toʻxtatildi
Rishton tumani Bogʻiston qishlogʻida yashovchi Saida Kenjaboyeva oʻzi yashab turgan xonadondagi ichimlik suvi tarmogʻiga suv kelmayotgani yuzasidan Oʻzbekiston isteʻmolchilar huquqlari himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” qisqa raqami orqali murojaat qilgan. Murojaat Rishton tumani isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilgan.

Jamiyat xodimlari tomonidan isteʻmolchining murojaati boʻyicha oʻrganish ishlari olib borish jarayonida quyidagilar maʻlum boʻldi:

S.Kenjaboyeva ishonch telefoni orqali murojaat qilgan kunida u istiqomat qiladigan mahallaga tortilgan toza ichimlik suvi tarmogʻida avariya sababli taʻmirlash ishlari olib borilayotgan boʻlgan, bu esa bundan xabari boʻlmagan yoki bu haqda ogohlantirilmagan. Lekin bu orada suv taʻminoti xodimlari tomonidan tarmoq taʻmirdan chiqarilib, xonadonlarga suv berilgan. Jamiyat xodimlari murojaatni oʻrganish boʻyicha joyiga kelganlarida yuqoridagi holatga guvoh boʻlganlar. Natijada isteʻmolchi jamiyat xodimlariga kamchiliklar bartaraf etilganligi va suv taʻminotida uzilishlar boʻyicha daʻvosi yoʻqligini bildirgan holda, qarshi ariza berib, murojaatini koʻrmasdan qoldirilishini soʻragan.

D.Yigitaliyev,
Rishton tumani isteʻmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyati mutaxassisi

OʻzA
2 474