O‘zA O`zbek

07.08.2018 17:02 Chop etish versiyasi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan tushuntirish berilgandan keyin pul qaytaridi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan tushuntirish berilgandan keyin pul qaytaridi
Nukus shahri To‘rtko‘l guzarida yashovchi fuqaro Sh.Aqnazarov shaharning Islom Karimov ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidan 3 million 200 ming so‘mga konditsioner xarid qilgan.

Ammo uyiga olib kelib o‘rnatganida uskuna ishlamagan. Shu sabab iste’molchi ancha sarson bo‘ldi.

Natijada fuqaro yordam so‘rab Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Jamiyat xodimlari tomonidan mazkur murojaat o‘rganib chiqildi hamda konditsioner haqiqatdan ham nosoz ekanligi, bunga iste’molchi aybdor emasligi aniqlandi. Jamiyat mas’ullari do‘kon xodimlariga qonuniy tushuntirish berdi va iste’molchining puli qaytarib berildi.

O‘zA
2 084