Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.08.2017 18:28 Chop etish versiyasi

Iste’molchilar huquqiy manfaatlari himoyada

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimidagi 14 ta hududiy birlashma, 193 ta tuman, shahar jamiyati tomonidan kommunal, savdo va umumiy ovqatlanish, transport, aloqa va kommunikatsiya, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda iste’molchilarning huquq va manfaatlari izchil himoya qilib kelinmoqda.

Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida iste’molchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar va sohadagi islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Iste’molchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, ushbu sohada qabul qilinayotgan qonunlarni keng targ‘ib qilish maqsadida federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan aholi o‘rtasida “Yuksak iste’mol madaniyati sari”, “Iste’mol madaniyatini oshirish – davr talabi”, “Sog‘liqni saqlash sohasida iste’molchi huquqlari”, “Yoshlarning huquqiy ongini, iste’mol madaniyatini shakllantirish va mustahkamlashda davlat hamda nodavlat tashkilotlarning o‘rni”, “Barchamiz iste’molchimiz” kabi mavzularda o‘quv-seminarlar va davra suhbatlari tashkil etilayotir.

Joriy yildan boshlab federatsiya muassisligida nashr etilayotgan "Iste’mol madaniyati" ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, ommabop gazetasida sohaga oid yangiliklar, xabarlar va gazetxonlar savollariga mutaxassislarning javoblari berib borilmoqda.

"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari" yili Davlat dasturi doirasida 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishning samarali mexanizmi joriy etildi. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Iste’molchilar tomonidan ariza, taklif va shikoyatlar federatsiyaning internet tarmog‘idagi www.istemol.uz rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda qabul qilinmoqda.

Anjumanda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
1 413






Все о погоде - Pogoda.uz