Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.03.2017 18:13 Chop etish versiyasi

Iste’molchilar huquqi qonun himoyasida

Andijonda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi tomonidan “Iste’molchi qonun himoyasida” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Soha mutaxassislari, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Birlashma tasarrufida 16 tuman va shahar jamiyati faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi raisi Ergashboy Qurbonov. – 2016-yil xo‘jalik subyektlari va fuqarolardan turli sohalar bo‘yicha 690 ariza va shikoyat kelib tushdi. Barcha murojaatlar puxta o‘rganib chiqildi. Ularning aksariyatida iste’molchilar huquqi buzilgani aniqlanib, tegishli tartib va amaldagi qonunlar doirasida iste’molchilarga 319 million 388 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ undirib berildi.

Tadbirda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, bozorni odamlar hayoti, salomatligiga xavf tug‘diruvchi yaroqsiz mahsulotlar sotilishidan muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlash, aholining iste’mol madaniyati va bilimini yanada yuksaltirish yuzasidan fikr almashildi.

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
237






Все о погоде - Pogoda.uz