O‘zA O`zbek

02.08.2018 17:39 Chop etish versiyasi

Iste’molchi mahsulotni almashtirishni emas, puli qaytarilishini talab qildi

Iste’molchi mahsulotni almashtirishni emas, puli qaytarilishini talab qildi
To‘rtko‘l shahri Berdaq ko‘chasi 1-uyda yashovchi fuqaro Bobur Raimov sotib olgan “ARTЕL-9“ konditsioneri nuqsonli chiqdi.

To‘rtko‘l tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga To‘rtko‘l shahri Berdaq ko‘chasi 1 uyda yashovchi fuqaro Bobur Raimov O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1-091 ishonch telefoniga murojaat qildi. Unga ko‘ra, iste’molchi To‘rtko‘l dehqon bozori yonida joylashgan “Sharq savdo“ do‘konidan 2 million so‘mga “ARTЕL-9“ konditsioneri sotib olgan va ushbu konditsioner nuqsonli ekanligidan norozi. 

Murojaat jamiyat mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, tovar haqiqatdan ham nuqsonli ekanligi aniqlandi.

Natijada “Sharq savdo“ do‘koni sotuvchisi Ulug‘bek Tojimuratov iste’molchi talabi bilan 2 million so‘m pulini qaytarib berdi.

O‘zA
2 487