O‘zA O`zbek

28.11.2019 Chop etish versiyasi

“Iste’molchi kutubxonasi” ning navbatdagisi Bog‘dod tumanida qad rostladi

“Iste’molchi kutubxonasi” ning navbatdagisi Bog‘dod tumanida qad rostladi

“Odamning ulug‘vorligi uning bo‘yi bilan o‘lchanmaganidek, xalqning ulug‘ligi ham uning soni bilan o‘lchanmaydi. 
Yagona o‘lchovi – uning aqliy va axloqiy barkamolligidir”
V.Gyugo

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan respublikaning chekka hududlarida “Iste’molchi kutubxona”larini barpo etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham yoshlar qalbida kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otish, ertaning egalarini ilmli bo‘lishiga hissa qo‘shishdan iboratdir.

Qayd etish kerakki, federatsiya faoliyati doirasida mamlakat yoshlari hayotini yaxshilash, ularni turli sohalarda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

“Iste’molchi kutubxonasi” ham ana shunday ezgu startaplardan biri hisoblanadi.

Respublikamizning bir qancha tumanlarida ish faoliyatini olib borayotgan “Iste’molchi kutubxonasi” ning navbatdagisi Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida qad rostladi.

“Iste’molchi uyi” va kutubxonaning bir joyda faoliyat boshlashi tuman ahlini huquqiy, ilmiy, adabiy sohalardagi yangiliklardan xabardor bo‘lishiga xizmat qiladi.

438
O‘zA