O‘zA O`zbek

02.08.2018 17:48 Chop etish versiyasi

Iste’dodlar maskani

Iste’dodlar maskani Termiz shahridagi Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazida texnik va badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik, ekologiya hamda sport yo‘nalishlarida 72 to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mashg‘ulotlarda 1 ming 800 dan ortiq o‘quvchi kasb-hunar va sport sirlarini o‘rganmoqda.

Zamonaviy o‘quv jihozlari va sport inventarlari bilan ta’minlangan markaz o‘quvchilari “Milliy raqs”, “Zarb”, “Ekologiya bolalar nigohida”, “Samoga parvoz”, “Bahor ifori” kabi ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

7 (1).jpg

–Tarbiyalanuvchilar orasida iste’dodli yoshlar ko‘p, - deydi markaz rahbari Xurshida Mengatova. – Jumladan, karate to‘garagi a’zosi Sadriddin Saymatov o‘tgan o‘quv yili davomida 7 ta nufuzli musobaqada ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi. “Milliy qadriyatlar” festivalida Aziza Hasanova g‘alaba qozondi. Joriy yilning dekabr oyida Malayziyaning Pinang hamda Singapurning Joxor shaharlarida shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Osiyo ochiq chempionatida 4 nafar o‘quvchimiz ishtirok etishi bizni g‘oyat quvontirdi.

O‘quvchilarimiz mashg‘ulotlar davomida o‘rganganlarini musobaqa davomida qo‘llab, albatta g‘alaba bilan qaytishiga ishonaman.

9.jpg

Jonibek Qo‘zimurodov (surat) O‘zA
2 921