O‘zA O`zbek

09.08.2018 15:00 Chop etish versiyasi

Isroil va Falastin mojarosi davom etmoqda

Isroil va Falastin mojarosi davom etmoqda
Isroil hududiga Falastinning Xamas harakati jangchisi tomonidan otilgan o‘nlab raketalarning portlashi oqibatida bir necha odam jiddiy shikastlangan.

8-avgust kuni Isroil ham G‘azo chegaralariga o‘nlab raketalarda hujum boshladi.

Isroil harbiylarining G‘azo chegaralariga qilgan hujumi oqibatida 23 yoshlik homilador ayol yonidagi go‘dak bolasi bilan halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Isroilning hujumiga javoban 8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi Falastin harbiylari Isroil hududiga o‘nlab raketalar uchirdi, deb xabar bermoqda bbc.com sayti.

O‘zA
2 840