O‘zA O`zbek

02.06.2020 Chop etish versiyasi

Isroil bosh vaziriga kim suiqasd qilmoqchi?

Isroil bosh vaziriga kim suiqasd qilmoqchi?

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu u va uning oilasi hayotiga kimdir tahdid qilayotgani bois politsiyaga arz qildi.

“Bir necha kun avval men politsiyaga shikoyat yozdim, chunki bir nomaʼlum shaxs men va oilam joniga qasd qilmoqchi. Bugun, politsiyaga yana bir shikoyat yozishimga toʻgʻri keldi, bir kishi meni va mening oilamni qanday oʻldirishini batafsil yozib yubordi”, - deb yozdi Netanyaxu Twitterda.

Oʻtgan yilning noyabr oyida ham Netanyaxuning politsiyaga arz qilgani haqida xabar tarqalgan edi. Oʻshanda ham u kimdir uning joniga qasd qilayotganini aytib, zudlik bilan tergov ishlarini boshlashni soʻragandi.

1 682
OʻzA