O‘zA O`zbek

14.08.2018 17:50 Chop etish versiyasi

Ispaniya qirg‘oqlarida 600 ga yaqin muhojir qutqarildi

Ispaniya qirg‘oqlarida 600 ga yaqin muhojir qutqarildi So‘nggi kunlarda Ispaniya dengiz qutqaruv xizmati tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida 600 ga yaqin muhojir qutqarilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

13 avgust kuni Gibraltar bo‘g‘ozida 230 nafar muhojir bo‘lgan yettita, Alboran dengizida 301 muhojir o‘tirgan oltita qayiq aniqlangan. Bugun ertalab Gibraltar bo‘g‘ozida yana 67 muhojirga yordam ko‘rsatilgan.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi oylarda mamlakatga Italiya qirg‘oqlaridan muhojirlarning ko‘chib o‘tishi sezilarli darajada oshmoqda.

Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilda mamlakatga dengiz orqali kelgan muhojirlar 22,1 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil boshidan to shu kunga qadar bu ko‘rsatkich 25 ming kishiga yetgan. 300 dan ziyod muhojir halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Yil boshidan buyon O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga 60 ming muhojir kirib kelgan, halok bo‘lganlar soni 1,5 mingtaga ko‘paygan.

Zuhra Mirzaboyeva, O‘zA
1 879