Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 12:00 Chop etish versiyasi

Islom Karimovning merosiga bag‘ishlangan pochta markalari tayyorlandi

“O‘zbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy saytida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Islom Karimovning merosiga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari (9 markadan iborat) kichik varaq ko‘rinishida tayyorlangani ma’lum qilinadi.

Islom Karimov rahbarligida istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar va mamlakat hayotida kechgan muhim voqealar mazkur markalarda o‘z aksini topgan.

Pochta markalari turkumi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritildi.

917






Все о погоде - Pogoda.uz