O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

02.09.2018 09:34 Chop etish versiyasi

Islom Karimov xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi

Islom Karimov xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi

Bugun mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash tadbirlari oʻtkazilmoqda.

photo5215346232136935817.jpg

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, buyuk davlat va siyosat arbobi, davlatimiz mustaqilligi asoschisi va istiqlolimiz meʼmori Islom Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish borasida yurtimizda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

photo5215346232136935818.jpg

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Islom Karimov siymosi aks etgan haykallar oʻrnatildi. Yurtimizdagi bir qator yirik obyektlar, koʻchalarga Islom Karimov nomi berildi. Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan kunni har yili keng nishonlash, vafot etgan sana – 2-sentyabrda bu ulugʻ insonni xotirlash tadbirlari oʻtkazilishi belgilab qoʻyildi.

photo5215346232136935819.jpg

Buyuk davlat va jamoat arbobi tugʻilib oʻsgan, ayni paytda mangu orom topgan Samarqand shahrida 2017-yil 2-sentyabr kuni Islom Karimov haykalining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Joriy yilning 30-yanvar kuni esa Islom Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Birinchi Prezidentimiz dafn etilgan Hazrati Xizr masjidi yonida yodgorlik majmuasi ochildi.

photo5215346232136935821.jpg

Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasi va Birinchi Prezidentimiz haykali oʻrnatilgan maydon bugun har qachongidan ham gavjum boʻldi.

photo5215346232136935823.jpg

Maqbara majmuasiga erta tongda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi.

photo5215346232136935825.jpg

Birinchi Prezidentimiz xotirasiga Qurʼon tilovat qilindi.

photo5215346232136935826.jpg

Islom Karimovning davlatimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yoʻlida oʻz huzur-halovatidan kechib mehnat qilgani, xalqimiz farovon turmushi uchun yuksak fidoyilik koʻrsatgani yodga olindi.

photo5215346232136935827.jpg

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar eʼtirof etildi.

photo5215346232136935829.jpg

Shundan soʻng viloyat jamoatchiligi vakillari Registon maydoni yaqinida oʻrnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qoʻydi.

photo5215346232136935831.jpg

Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yurtdoshlarimiz, xorijlik sayyohlar ham Islom Karimov xotirasini yod etib, oʻzlarining hurmat-ehtiromlarini koʻrsatdilar.

photo5215346232136935832.jpg

– Bugun farzandu nabiralarim, oila aʼzolarimiz bilan Samarqandga kelib, Birinchi Prezidentimiz mangu orom topgan maskanni ziyorat qildik, – deydi Toshkent shahrida yashovchi Q.Madiyorova. – Juda obod joy, Islom Karimovning xalqimiz uchun qilgan xizmatlariga munosib maskan boʻlibdi. Bugungi tinch-osoyishta kunlarimiz, farovon turmushimizning chinakam bunyodkori edilar. Ilohim, oxiratlari obod boʻlsin!

photo5215346232136935833.jpg

Xotira tadbirlari doirasida elga ehson oshi tortildi.

photo5215346232136935834.jpg

Tadbirlarda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etdi.

photo5215346232136935835.jpg

Gʻ. Hasanov, OʻzA