O‘zA O`zbek

02.09.2018 14:04 Chop etish versiyasi

Islom Karimov xotirasi qalblarda abadiy yashaydi

Islom Karimov xotirasi qalblarda abadiy yashaydi

Buyuk davlat va jamoat arbobi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz osoyishtaligi, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yoʻlida ulkan ishlarni amalga oshirdi. 

IMG_20180902_132610_124.jpg

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning strategiyasini ishlab chiqib, uni hayotga izchil tatbiq etishga rahbarlik qildi.

IMG_20180902_132612_129.jpg

Mustaqillik yillari Surxondaryo viloyatining agrar vohadan sanoati rivojlangan hududga aylanishi va odamlar turmush darajasining oʻsishida ham Islom Karimovning xizmatlari beqiyosdir. Qurilish, servis va xizmat koʻrsatish tarmoqlarining rivojlanishi, taʼlim, tibbiyot va boshqa sohalarda yuz bergan oʻzgarishlar ham bevosita Birinchi Prezidentimiz nomi bilan bogʻliq. Surxondaryoliklar Islom Karimov tomonidan boshlab berilgan bunday ulkan ishlarni ayni paytda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yangi bosqichda izchil davom ettirayotganini alohida eʼtirof etmoqda.

IMG_20180902_132614_185.jpg

– Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan vohada yagona boʻlgan Termiz davlat universitetining qiyofasi tubdan oʻzgarib, yangi binolar barpo etildi, – deydi Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov. – Talabalarning oʻqib izlanishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratildi. Hududning malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyoji oʻrganilib, soʻnggi ikki yilda viloyatda beshta oliy taʼlim muassasasining filiallari tashkil etildi. Bu yangilanish vohani yetuk mutaxassislar bilan taʼminlab, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yuksak samaralar bermoqda.

2 sentyabr kuni erta tongdan Termiz shahridagi “Grant almaz” tantanalar saroyida Islom Karimov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar keldi. Bu yerda ular istiqlol meʼmori, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga chuqur ehtirom koʻrsatib, taʼzim bajo keltirdi. Qurʼon tilovat qilindi.

Viloyatda xotira tadbiri davom etmoqda.

X.Mamatrayimov, OʻzA
1 852