Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.09.2017 17:52 Chop etish versiyasi

Islohotlarni yoritishda matbuotning o‘rni

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan "O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yoritishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni" mavzuida anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, yurtimizning barcha hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan bosma va elektron media tuzilmalarning xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi L.Suvonov va boshqalar mamlakatimizda milliy media sohani ravnaq toptirish uchun zarur huquqiy, tashkiliy, moddiy-ma’naviy asoslar yaratilganini ta’kidladi.

Bu boradagi qonun hujjatlarining tobora takomillashtirilayotgani matbuotni erkin va xilma-xil fikrlar maydoniga aylantirish, milliy jurnalistikamizga jahonning ilg‘or ish tajribasi va taraqqiyot tendensiyalarini joriy etish, soha xodimlarini ijtimoiy himoyalash, qo‘llab-quvvatlashda, kasb mahoratini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Shiddat bilan kechayotgan bugungi davrda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari jahon media makoniga tobora faol integratsiyalashib bormoqda. Yurtimizda kechayotgan islohotlar, keng qamrovli o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini tezkor, xolis, haqqoniy yetkazish Vatanimizning jahon miqyosidagi obro‘si va nufuzining yuksalishida, diyorimizga oid ijobiy, obyektiv, ishonchli munosabatning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa soha vakillaridan o‘z ishining yuqori darajadagi bilimdoni bo‘lishni, faollikni, tashabbuskorlikni, fidoyilikni, o‘z yurtiga, xalqiga, kasbiga sadoqatni talab etmoqda.

Anjumanda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarning amalga oshirilishida OAVning roli, mamlakat media imijini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari, xalqaro media makonga integratsiyalashuv jarayonida O‘zbekistonning tutgan o‘rni kabi mavzulardagi ma’ruzalar muhokama qilindi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 100






Все о погоде - Pogoda.uz