O‘zA O`zbek

25.04.2018 14:03 Chop etish versiyasi

Islohotlar zamiridagi ulug‘vor g‘oya

Islohotlar zamiridagi ulug‘vor g‘oya Ichki ishlar vazirligi akademiyasida «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini liberallashtirish – inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kafolati» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, bir qator mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlardan vakillar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasining yaratilishi va uning amalga oshirilishi, eng avvalo, milliy qonunchilikni yanada liberallashtirishni talab etadi. Bundan tashqari, mavjud huquqiy normalarni amalga oshirishning aniq mexanizmini ishlab chiqish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni nazarda tutadi.

IMG_4100.JPG

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi A.To‘xtashev, Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi B.Matmuratov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida inson manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdek ulug‘vor g‘oya mujassamligini ta’kidladi.

Konferensiya yakunida jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda boshqa qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

IMG_4101.JPG

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
2 223