O‘zA O`zbek

20.08.2018 20:21 Chop etish versiyasi

Islohotlar jo bo‘lgan yorqin tasvirlar

Islohotlar jo bo‘lgan yorqin tasvirlar Toshkent Fotosuratlar uyida Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovining tasviriy san’at, foto, dizayn asarlari ko‘rgazmasi ochildi.

“Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan ko‘rgazmaga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, foto va dizayn ustalari, rassomlar, san’at ixlosmandlari taklif etildi.

Tanlov Prezidentimizning joriy yil 28 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

“Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovida tasviriy san’at, foto, dizayn bo‘yicha viloyatlardan jami 150 dan ortiq muallif2 mingdan ortiq asarlari bilan qatnashdi. Ko‘rik tanlovning so‘nggi saralash bosqichida 75 muallif ishtirok etib, ularning 950 asari ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etilgan ijodiy ishlarda tinchlik-osoyishtalik, xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, tashqi siyosat sohasida uzoq va yaqin davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mazmun-mohiyati yoritilgan. Yo‘nalishlar bo‘yicha asarlar tanlov hay’ati a’zolari tomonidan xolisona ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘rgazmada ishtirokchilarning yuzdan ortiq ijodiy ishlari namoyish etilmoqda.

Barno Meliqulova, Temur Mamadaminov (surat) O‘zA
2 724