O‘zA O`zbek

01.05.2020 Chop etish versiyasi

Ishsiz fuqarolarga 10 sotixdan 30 sotixgacha yer maydoni berildi

Ishsiz fuqarolarga 10 sotixdan 30 sotixgacha yer maydoni berildi

Bunday tashabbus Buxoro viloyatining 4-sektor rahbari, davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Sherzod Ashurov tomonidan ilgari surildi.

Pandemiya davrida viloyat shtabi hamda joylarda hududiy shtablar tuzilib, jami 40 dan ortiq ishchi guruh aʼzolari karantin qoidalariga amal qilgan holda 4-sektor hududidagi aholidan xabar olmoqda.

photo_2020-05-01_18-35-20.jpg

Viloyat DSB matbuot xizmatining xabariga kura, Kogon shahar, Xoʻjabargi mahallasida 555 ta oila, 2 429 nafar aholi yashaydi. Oʻrganishlar davomida mazkur hududdagi 45 ta oilaning koʻmakka muhtojligi aniqlangan.

Ushbu mahallada sharoiti ogʻir loʻli millatiga mansub 72 ta oila mavjud. Ularning har bir oilasida bittadan toʻqqiz nafargacha kishi yashaydi. Ishchi guruhi ushbu oilalar ahvolini oʻrganish jarayonida ularga moddiy yordamlar koʻrsatishdan tashqari, ishga layoqatli fuqarolarni doimiy ish bilan bandligini taʼminlashga ham eʼtibor qaratdi.

photo_2020-05-01_18-35-27.jpg

Mahalladagi 13 ta oilaning 26 nafar (7 ta ayol, 19 tasi erkak) ishga layoqatli erkagu ayollariga shu hududga yaqin “Yangiobod chorvanasl” shoʻba xoʻjaligiga tegishli bogʻ hududidan 10 sotixdan 30 sotixgacha jami 2,6 gektar yer maydoni ajratib berildi. Bogʻ qator orasiga qovoq, loviya, baqlajon kabi turli qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, mazkur oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga ekin-tikin ishlarida urugʻ, transport va oʻgʻit masalalari xam joyida hal etildi. Xamda ishchilarning har biriga Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan 700 ming soʻmdan ish haqi beriladi. Bu esa, boshqa qoʻni-qoʻshnilarni ham befarq qoldirmadi.


2 013
Zarif Komilov, OʻzA