O‘zA O`zbek

08.09.2018 18:42 Chop etish versiyasi

“Ishonch”ning istiqlolga tuhfasi

“Ishonch”ning istiqlolga tuhfasi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi muassisligida 1991 yil 21 martdan buyon chop etilayotgan “Ishonch” gazetasi Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan rangli, bezakli maxsus sonini nashr etdi.

56 sahifadan iborat ushbu maxsus nashrda istiqlol yillarida amalga oshirilgan islohotlar, ayniqsa, keyingi ikki yildagi ulkan bunyodkorliklar, xalqimiz baxt-u iqboli yoʻlidagi saʼy-harakatlar, xususan, xalq bilan muloqotlar samarasi atroflicha yoritilgan.

4.5.jpg

Gazetaning barcha sahifalari oʻziga xos dizayn asosida rangli tayyorlangan.

Tahririyatning nashrga kreativ yondashgani maqolalar mundarijasi va mazmunida yaqqol aks etadi.

40-41.jpg

Birinchi sahifada istiqlol farzandi chizayotgan suratda bugungi taraqqiyot va islohotlar aks etadi. Bu bilan yangi avlod taraqqiyot uchun ishonchli kuch boʻlib yetishayotgani koʻrsatib berilgan.

Vatan yuksalishiga daxldorlik, ertangi kunga ishonch gazetadan joy olgan har bir maqolada koʻrinib turibdi.

Gazetaning ushbu rangli-bezakli maxsus soni tijorat-reklama asosida boʻlib, mushtariylarga bepul tarqatiladi.

4.JPG

OʻzA
3 328