Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.09.2018 19:07 Chop etish versiyasi

Ishlaydigan davrimiz keldi

Munosabat

Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 sentyabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni tizimni boshqarishning samarali mexanizmlarini amaliyotga joriy etish, yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarishga xizmat qiladi. Shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayonida taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini qoʻllashga koʻmaklashadi.

Mazkur farmon taʼlim muassasalari xodimlari zimmasiga ortiqcha vazifalarni yuklash, kasbiy faoliyatga asossiz aralashuv, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni ortiqcha tekshirish kabi samarasiz mexanizmga barham beradi.

Endilikda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan maktablar negizida tarmoqli maktablarni tashkil etish, ushbu tarmoqqa past